Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
2025-09-23 09:45:00 / Yangiliklar

Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolangan:
- Transport vazirligi va "Boeing" kompaniyasi o‘rtasida transport sohasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- "Texnopark" MCHJ va "FLSmidth" kompaniyasi o‘rtasida tog‘-kon uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim;
- "Akfa group" va "Cleveland Clinic" o‘rtasida ko‘p tarmoqli klinika va ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida bitim;
- "Centrum Air" aviakompaniyasi va "Oppenheimer" investitsiya kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi va "Citigroup" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- "O‘zbekgidroenergo" AJ va "Cargill Financial Services International" kompaniyasi o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- "O‘ztransgaz" AJ va "Pangea Filtration Technology" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda "Cove Capital" kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risida bitim;
- "Yangi Kon" MCHJ va "SLB" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan "Biologic International" kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt va biotexnologiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jamg‘armalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim.