
Iqtisodiyot va Moliya

Kuchkarov Djamshid Anvarovich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri

Kudbiyev Sherzod Davlyatovich
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qarori qabul qilindi.
Ushbu Strategiyaning maqsadi 2025–2027-yillar davomida “yashil” davlat xaridlarining ulushini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishda muhim bo‘lgan barqaror, keng raqobatga asoslangan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan davlat xaridlari siyosatini belgilashdan iborat.
2024–yilda Davlat–xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar hamda 2025–yilgi rejalar toʻgʻrisida ma’lumot.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori qabul qilindi.
2025-yilning 21-aprel kuni “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmoniga koʻra, quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
(a) 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 2025-yilning yanvar-avgust oylarida 108 trln. so‘mdan oshdi va 23 foizdan ko‘proq o‘sishni ko‘rsatdi.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining asosiy o‘sish omili moliyaviy xizmatlarning 23 foizdan ortiq, transport xizmatlari 12,0 foiz, savdo xizmatlari 11 foizdan ortiq, yashash va ovqatlanish xizmatlari 9,0 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 21 foizdan ortiq, boshqa xizmatlar 12 foizdan ortiq, shuningdek, ijara xizmatlari 19 foizdan ortiq va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 10 foizdan ortiq o‘sishi bo‘ldi. Arxitektura sohasidagi xizmatlar (15% dan ortiq), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (12% dan ortiq), kompyuter va maishiy texnikani ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar (11% dan ortiq), yakka tartibdagi xizmatlar (11% dan ortiq) va ta’lim sohasidagi xizmatlar (3% dan ortiq) o‘sishi.
2025-yilning ko‘rib chiqilayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 344 trillion so‘mdan oshdi, bu umumiy bozor xizmatlari hajmining 54 foizdan ortig‘ini tashkil etdi. 2024-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 12 foizdan ortiqni tashkil etdi.