
Investitsiyalar, sanoat va savdo

Kudratov Laziz Shavkatovich
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida respublika korxonalari tomonidan 660 trln so‘mlikdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizdan ko‘proq oshgan.
2025-yil 1-sentyabr holatiga respublikada 17 mingga yaqin xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
2025-yilning yanvar-avgust oylarida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 51 milliard dollardan oshdi. AQSH dollarini tashkil etdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 19% dan ko‘proqqa oshdi.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida:
Eksport - 23 mlrd (+31,3%)
Import - 28,4 mlrd (+11,8%)
O‘zbekiston dunyoning 200 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib boradi.
O‘zbekiston tashqi savdosining eng katta ulushi Xitoy (18 foizdan ortiq), Rossiya (taxminan 16 foiz), Qozog‘iston (taxminan 6 foiz), Turkiya (taxminan 4 foiz) va Koreya Respublikasi (2 foizdan ortiq) hissasiga to‘g‘ri keldi.
2025-yilning 21-aprel kuni “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmoniga koʻra, quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
(a) 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.