IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi
2025-06-10 / Voqealar taqvimi

2025-yil 10-12-iyun kunlari Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi.
Bu yilgi forumning o‘ziga xos jihati shundaki, uning doirasida ilk bor investitsiya ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.
Ko‘rgazmada yirik mahalliy xususiy kompaniyalar xalqaro investorlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, forum doirasida panel muhokamalari va uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Forumda 3000 dan ziyod ishtirokchilar: vazirlar, xalqaro moliya institutlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar, dunyoning yetakchi korporatsiyalari va investitsiya fondlari top-menejerlari, shuningdek, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya bo‘yicha ekspertlar kelishlari kutilmoqda.