Poytaxtimizda "saraton profilaktikasi va nazorati" mavzuida O'zbekiston — Xitoy onkologik anjumani bo'lib o'tdi
2025-07-18 18:55:00 / Yangiliklar
Unda O'zbekistonning etakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarida faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ortiq mutaxassislar hamda Xitoy Xalq Respublikasidan 20 nafardan ziyod olim va onkologlar qatnashdi.
Ikki davlat o'rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ilg'or texnologiyalar yuzasidan o'zaro tajriba almashildi hamda saraton profilaktikasi, uni erta tashxislash va samarali davolashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Anjumanda Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va Muxtor elchisi Yuy Szyun, Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Elmira Basitxanova, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag'olib Tillashayxov ishtirok etdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.