Sog'liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar darajasiga ko'tarish va uni xalqqa yaqinlashtirish jarayonlarida
2025-07-11 09:40:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar darajasiga ko'tarish va uni xalqqa yaqinlashtirish jarayonlarida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining alohida o'rni bor.
Muassasa jamoasining xalqaro hamkorligi ham ayni shu maqsadga yo'naltirilgani bilan e'tiborga molik. Xususan, Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti 6-klinikasi bilan imzolangan memorandum doirasida keng ko'lamli ishlar olib borilyapti.
Xo'sh, mazkur hujjatdan nimalar o'rin olgan?
Hamkorlik doirasida qancha bemor operasiya qilindi?
Aloqalarni yanada kengaytirish ko'zda tutilganmi?
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.