So'nggi yillarda O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida tibbiyot yo'nalishidagi aloqalar tobora mustahkamlanib boryapti
2025-07-10 11:00:00 / Yangiliklar
So'nggi yillarda O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida tibbiyot yo'nalishidagi aloqalar tobora mustahkamlanib boryapti. Bu esa hududlarda ham o'z ifodasini topayotganligi e'tiborga molik.
Xususan, Toshkent viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi va Kyonggi provintsiyasi sog'liqni saqlash boshqarmasi o'rtasidagi o'zaro kelishuvga muvofiq, 30 nafardan ziyod koreyalik yuqori malakali mutaxassislar yurtimizda bo'ldi.
Tashrif dasturiga ko'ra, mehmonlar viloyatda joylashgan bir qator tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda "O'zbekiston-Koreya – 2025" xalqaro anjumanida ishtirok etdi.
"O'zbekiston 24" telekanali orqali namoyish etilgan yuqoridagi videolavhada shu haqda batafsil so'z boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.