BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv
2025-10-09 10:05:00 / Yangiliklar

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Maxkamova Prezidentimizning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlari haqida, tizim oldida turgan vazifalar haqida to‘xtaldi. Bugungi uchrashuv BMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yorqin ifodasi ekanligi e’tirof etildi.
Xususan, BMT tizimi tashkilotlari tomonidan viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalar aholi farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, turizmni rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarda katta ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
Muloqotda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos ravishda olib borilayotgani alohida e’tirof etildi.