Sport vaziri Adkham Ikramov va Vengriyaning Semmelweis universiteti rektori maslahatchisi Ivady Vilmos o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi
2025-10-03 09:45:00 / Yangiliklar
Sport vazirligiga Vengriyaning Semmelweis universiteti rektori maslahatchisi Ivady Vilmos tashrif buyurib vazir Adkham Ikramov bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida ikki davlat o'rtasidagi ijtimoiy sohada aholini qoʻllab-quvvatlash, tibbiyotda kadr va menejerlarni tayyorlash, sport tibbiyotida sportchilar sog'lig'ini kuzatib borishda samarali ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
"Semmelweis" universiteti tibbiyot, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohasidagi natijalari bilan dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega universitetlardan biri hisoblanadi.
Shuningdek xorijiy mehmonga O'zbekiston Respublikasi Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida olib borilayotgan ishlar va mazkur yo'nalishda yo'lga qo'yilayotgan loyihalar to'g'risida ma'lumot berilib, hamkorlik masalalari bo'yicha fikr almashildi.