Sport sohasida xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
2025-10-02 10:05:00 / Yangiliklar

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yirik sport tadbirlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur masala yuzasidan tadbirda ishtirok etgan Boshqirdiston Respublikasi Hukumati Bosh vazir o‘rinbosari – Sport vaziri Ruslan Xabibov ham ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Adkham Ikramov tomonidan Oʻzbekistonda sport sohasida erishilgan yutuqlar, sohani raqamlashtirish borasida erishilgan natijalar hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida toʻxtalib oʻtdi.
Oʻz navbatida Rossiya Davlat Dumasi deputati Rima Batalova O‘zbekiston sportida erishilgan yutuqlardan zavqlanganligini alohida ta’kidladi.
Tashrif doirasida mehmonlar Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi bilan yaqindan tanishib, sport infratuzilmasi, zamonaviy majmualar va yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdilar.