Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-08-26 15:35:00 / Yangiliklar

Bugun Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev ushbu delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Xitoy munosabati keyingi yillarda turli yo‘nalishlarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. XXR bugungi kunda O‘zbekistonning har jabhada ishonchli hamkori hisoblanadi. Davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengayib va mustahkamlanib borishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
CSCEC International Construction Xitoy davlat qurilish korporatsiyasi guruhiga kiradi va korporatsiyaning chet eldagi faoliyatini olib boradi. 250 ta yirik xalqaro qurilish kompaniyalari orasida 7-o‘rinda turadi. “Forbes-2000” ro‘yxatida 66-o‘rinni egallagan. Aktivlarining yalpi qiymati 378,5 mlrd. AQSH dollariga teng.
- CSCEC International Construction katta tajriba va nufuzga ega ekanligini qadrlaymiz, - dedi muloqot chog‘ida Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev. - Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025-2028-yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni, jumladan, qurilish ishlarini ushbu kompaniya bilan birgalikda bajarishdan manfaatdormiz.
Suhbat davomida Gao Bo O‘zbekistonning suv xo‘jaligidagi islohotlarini kengaytirish, sohani rivojlantirish, aholining turmush tarzini yaxshilash va elektr-energiyasi samaradorligini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.