Adliya vaziri A.Tashkulov Singapur Xalqaro Mediatsiya markazi rahbari Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2025-08-08 11:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
▪️ nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishda mediatsiya instituti tobora keng qo‘llanilayotganligi.
▪️ Mediatsiyaning afzalliklari sifatida ishlarning tezroq, arzonroq va ishtirokchilar uchun kamroq stressli ekanligi.
▪️ mediatorlar malakasini oshirish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish;
▪️ bank, sug‘urta kabi sohalarda mediatsiyadan foydalanish doirasini kengaytirish;
▪️ Singapur tajribasini o‘rganish asosida elektron platforma joriy etish;
▪️ Singapur Konvensiyasiga qo‘shilish.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda 2021-yilda 4,8 ming ish mediatsiya orqali hal qilingan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 7,2 mingga yetgan (50% o‘sish).
Uchrashuv yakunida quyidagilarga erishildi:
1. Singapurdagi mediatorlar tayyorlash markazlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 20 dan oshiq mediatorlarini xalqaro standartlarga mos ravishda qayta tayyorlash;
2. Toshkent mediatsiya markazining reglament, nizom va kodekslarini takomillashtirish;
3. O‘zbekistonni Markaziy Osiyo davlatlarida mediatsiya nizolarini hal qilishda regional habga aylantirish yuzasidan tegishlar choralarni ko‘rish;
4. Ayrim xalqaro nizolar bo‘yicha mediatsiya ishlarini Toshkent mediatsiya markazida ko‘rib chiqish;
5. “Tashkent Law Spring” doirasida xalqaro mediatsiya haftaligini o‘tkazish;
6. Singapur Xalqaro Mediatsiya markazi bilan hamkorlik yuzasidan Anglashuv Memorandumini va Yo‘l xaritasini imzolash.
J.Lims, o‘z navbatida, mediatsiya sohasida yaqindan hamkorlik qilishga ijobiy qarashini, shu o‘rinda, mazkur masalada shaxsan amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.
Ushbu uchrashuv xalqaro tajriba almashuvi, qonunchilikni takomillashtirish va O‘zbekistonda mediatsiya madaniyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.