Semmelweis universitetida sog‘liqni saqlash va sport sohasida yangi istiqbollar
2025-06-13 09:35:00 / Yangiliklar
Sport vaziri Adkham Ikramov Vengriyaning Semmelweis universitetida sog‘liqni saqlash tizimi, aholi, xususan, sportchilarning sog‘lig‘i barqarorligini ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida Vengriya mas’ullari bilan uchrashdi.

Hamkorlar bilan stomatologiya yoʻnalishi, konduktiv tibbiyot, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash, yurak transplantatsiyasi bo‘yicha Vengriya misolida Yevropa tajribasini oʻrganish, hamda ushbu masalalar yuzasidan oʻzaro talabalar almashinuvi, malaka oshirish kurslari va qo‘shma loyihalarni tashkil etish borasida istiqbolli rejalar muhokama qilindi.