Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish sohasidagi DXSh loyihalari muhokama qilindi
2024-03-28 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Bobur Xodjayev, Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti direktori Abduqodir Yoqubov, shuningdek, Xitoy kompaniyasi vakillari: bosh direktor Sian Jong Sin, uchinchi filialining bosh direktori o‘rinbosari Lur Tian Shen, bosh moliya direktori Jan Yuan va “China Construction SAMSUM” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari ishtirok etdi.
Muhokamaning asosiy mavzusi davlat-xususiy sheriklik doirasida infratuzilmani modernizatsiya qilish, xususan, Toshkent shahridagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish istiqbollari bo‘ldi.
Bugungi kunda kompaniya respublikada transport sohasida 5 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuvda tomonlar bunday hamkorlikning ikki davlat uchun muhimligini ta’kidlab, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va infratuzilmani rivojlantirishga qo‘shadigan hissasini qayd etdi. Hamkorlikni kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik doirasidagi yangi loyihalarni o‘z ichiga olish bo‘yicha takliflar bildirildi.