BMT bosh kotibi oʻrinbosari tomonidan mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida erishilgan natijalar yuqori baholandi
2025-07-23 20:05:00 / Vazirlik yangiliklari
AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtayotgan BMTning yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasida BMT bosh kotibi oʻrinbosari - BMTning iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar departamenti rahbari Li Junxua hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida BMT bosh kotibi oʻrinbosari Li Junxua tomonidan mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida erishilgan natijalar yuqori baholandi.
Uchrashuvda tomonlar raqamli bogʻliqlik (digital connectivity), iqtisodiyotda yuqori texnologik maxsulotlar ulushini oshirish, maʼlumotlar dividendini olishda infratuzilmaga manzilli investitsiya kiritishning ahamiyati yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Muzokaralar yakunida mazkur sohalarda loyihalarni amalga oshirishga BMTning iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar departamenti ekspertlarini jalb qilish hamda departamentning Oʻzbekistonga missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati