“E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK – INSONIY BURCH”
2025-05-09 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Bu borada umumxalq bayramlari va shonli yubiley kunlari arafasida tizimdagi 1882 ta faxriylar holidan xabar olindi. Misol uchun, “Yangi yil” bayramida – 482 nafar; 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunida – 343 nafar; “Navroʻz” umumxalq bayramida – 406 nafar hamda “Ramazon Hayit” bayrami va boshqa tadbirlarda qariyb 651 nafar faxriy qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Bundan tashqari, vazirlik Toshkent shahri Uchtepa tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi 10 nafar nuroniyni 2025-yilning may oyida Toshkent shahridagi “Nuroniylar sanatoriy”sida davolashini ta’minladi.
Faxriylarni (nuroniy ustozlar) qadrlash, ularga hurmat koʻrsatish, boy hayotiy tajribalari bilan xodimlarni tanishtirish, yoshlarga kasb sir-asrorlarini oʻrgatish maqsadida, oʻrta avlod vakillari hamda yoshlar oʻrtasida “Ustozlarga yuksak ehtirom” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvlari” tashkillashtirib kelinmoqda.