Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish muhokama qilindi
2024-10-29 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvlar kun tartibida ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish kabi keng ko‘lamli dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda ayollar uchun iqtisodiy jihatdan yaratilgan imkoniyatlar, gender tenglikni ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan amaliy ishlar, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, yurtimizda “Genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish”ni rejalashtirish hamda uni budjet jarayonlariga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarni ham ta’kidlab o‘tdi.
“Pekin+30” mintaqaviy ko‘rib chiqish yig‘ilishidan so‘ng muhokamalarni aks ettiruvchi yakuniy hisobot tayyorlanadi va ma’lumot olish uchun UNECEga a’zo barcha davlatlarga yuboriladi.
Ushbu g‘oyalar Pekinning 2025-yil mart oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan global sharhiga asos bo‘ladi, unda yetakchilar Pekin Harakatlar platformasini amalga oshirish bo‘yicha 30 yillik yutuqlar haqida fikr yuritadilar va gender tengligiga erishish yo‘lidagi aniq qadamlarni belgilaydilar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati