Rasmiy bayonot
2025-08-11 11:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Xabarda vazirlik “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” DM bilan daqiqasi 40.000.000 so‘m bo‘lgan 2 ta shartnoma tuzgani, Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti esa xuddi shunday maqsad uchun daqiqasi 10.000.000 so‘mlik shartnoma tuzgani haqida so‘z borgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlari va summasi videomaterial kunning qaysi vaqtida efirga berilishi (prime time yoki off prime time), ko‘rishlar soni, ko‘rsatuv reytingi va boshqa omillarga ko‘ra o‘zgaradi.
OAV bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday hamkorlik aholiga ta’lim sohasidagi yangiliklarni ochiq va shaffof tarzda tezkor yetkazish, fuqarolarning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlardan biri sanaladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Axborot xizmati