Rasmiy munosabat
2025-08-06 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur shartnoma tanlab olingan oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reyting agentliklarining nufuzli universitetlar ro‘yxatiga kiritishda ko‘maklashuvchi eksklyuziv xizmatlarni qamrab oladi. Jumladan, “THE” xalqaro reyting agentligi ekspertlari ishtirokida:
-
professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha seminar va treninglar (onlayn va oflayn) tashkil etish;
-
mazkur bazalarda indekslanuvchi ilmiy jurnallarda maqolalar tayyorlash va nashr etishga ko‘maklashish;
-
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va ilmiy-tadqiqot samaradorligini xalqaro mezonlar asosida tahlil qilish, h-indeks va iqtiboslik ko‘rsatkichlarini monitoring qilish hamda natijalarni e’lon qilish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.
Ta’kidlash lozimki, OTMlarning “THE” reytingida yuqori o‘rinlarni egallashi – ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot natijalari, ish beruvchilar bahosi kabi muhim mezonlarni jahon hamjamiyati oldida namoyon etadi. Bu esa, o‘z navbatida, universitetlarning xalqaro nufuzini oshiradi, xorijiy talabalar va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini kengaytiradi.
Shu bois sarflanayotgan mablag‘lar maqsadli va oqilona yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning samarasi o‘zini to‘liq oqlashi kutilmoqda.