Chilonzor tumanidagi 1-sonli politexnikumda xalqaro ta’lim yo‘nalishi o‘rganildi
2025-07-11 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif doirasida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Buyuk Britaniyaning "Pearson Education Limited" xalqaro ta’lim dasturi asosida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar, bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan malakali pedagoglar salohiyati, politexnikumning moddiy-texnik bazasi, qabul jarayonlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, o‘quv-laboratoriya jihozlari hamda innovatsion yondashuvlar ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida politexnikum pedagoglari va rahbariyati bilan xalqaro standartlarga mos ta’limni rivojlantirish, tashkilotlararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Ushbu tashrif politexnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy qilish, yoshlarni raqobatbardosh kasb va ko‘nikmalarga ega mutaxassis sifatida tayyorlashda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.