“Dolzarb 90 kun” – yangi bilimlarni egallash uchun qulay fursat!
2025-07-10 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Davlat rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyiha yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni oshirish, ularni kelajak kasblariga yo‘naltirish hamda yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etishga qaratilgan.
Tadbir doirasida STEM, informatika, axborot texnologiyalari va ingliz tili o‘qituvchilariga Coursera xalqaro platformasida bepul malaka oshirish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi, TATU Media markazida amaliyot o‘tagan texnikum o‘qituvchilari taqdirlandi, Respublika televideniye va radio texnikumiga zamonaviy adabiyotlar taqdim etildi, Bektemir va Mirobod tumanlari o‘quvchilarini qamrab olgan “Junior Tech Hackathon” musobaqasiga rasmiy start berildi.
Shuningdek, universitet rektori hamda hokimlik vakillari 358-maktabda olib borilayotgan “Kelajakni raqamli ta’lim bilan quramiz” shiori ostidagi IT kurslar faoliyati bilan tanishdilar.