“Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ faoliyati bo’yicha rasmiy bayonot
2025-05-27 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
“Sino tibbiyot texnikumi” MCHJ professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun 217206-sonli litsenziyaga ega bo‘lib, mazkur litsenziyaga asosan Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Shodiyona MFY, Sohibqiron Temur koʻchasi, 245-uyda faoliyat yuritmoqda.
“Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ da professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyasi mavjud emas.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Koʻhna qalʼa MFY, Tinchlik koʻchasi 29-uy manzilida faoliyat yuritayotgan tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ kasbiy ta’lim berish va tahsil olgan o‘quvchilarga diplom taqdim etish huquqiga ega emas.
Eslatma: fuqarolar litsenziyaga ega nodavlat texnikumlar ro‘yxatini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sayti — https://stat.edu.uz/prof/list yoki Adliya vazirligining https://license.gov.uz/ orqali tekshirib ko‘rishlari mumkin.