Markaziy Osiyoda ilk bor “Web Summit Spotlight” o‘tkazildi
2025-09-27 20:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Markaziy Osiyo tarixida birinchi marta Toshkentda “Web Summit Spotlight” — dunyodagi eng nufuzli texnologik forumlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir IT Park Uzbekistan va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Web Summit” bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Lissabonda o‘tkaziladigan asosiy “Web Summit” har yili 70 000 dan ortiq ishtirokchini bir joyga to‘playdi. Ular orasida startaplar asoschilari, xalqaro korporatsiyalar rahbarlari, investorlar va global texnologik kun tartibini belgilovchi tadqiqotchilar bor. Toshkentda “Spotlight” tadbirining tashkil etilishi “Web Summit” ekotizimining geografiyasini kengaytiradi. Bunga qadar Lissabon, Rio-de-Janeyro, Vankuver, Gonkong va Doha shaharlarida o‘tkazilgan mazkur tadbir endi Markaziy Osiyoga ham global aloqalar o‘rnatish, sarmoya jalb qilish va bilimlardan bevosita foydalanish imkonini yaratadi.
Tasbirda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Ushbu sammit O‘zbekiston global raqamli iqtisodiyotning asosiy ishtirokchisiga aylanadigan kelajakka olib boradigan darvozadir. Bu tezroq rivojlanish imkoniyati, har bir loyihaning jahon bozorlariga chiqish imkoniyati, investorlar va hamkorlarning O‘zbekistonni yangi mintaqaviy innovatsiyalar markaziga aylantirishga bo‘lgan ishonchini oshirish imkoniyatidir.
Buni bir o‘ylab ko‘ring. 2021-yilda startaplarimizning qiymati 1 million AQSh dollariga ham yetmasdi. Bugun esa, atigi to‘rt yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 1,2 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu — islohotlar, uzoqni ko‘ra bilish va yoshlarimizning g‘ayrati natijasi”, – dedi O. Umarov.
Tadbir doirasida, shuningdek, “Plug and Play Tech Center” korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Alfredo Gomes Soriya va “StartupBlink” ekotizim muvaffaqiyati yo‘nalishi va boshqaruv apparati rahbari Katrin Kalledo ishtirokidagi chiqishlar qilindi. Ma’ruzachilar O‘zbekistonning innovatsion roli va uning global startap xaritasidagi o‘rni haqida so‘zlab berishdi.
“StartupBlink” vakillarining Toshkentga shaxsan tashrif buyurishlari, ayniqsa, ramziy ahamiyatga ega: 2025-yilda O‘zbekiston “Global Startup Ecosystem Index by StartupBlink” reytingida birdaniga 12 pog‘onaga ko‘tarildi va tashkilot ekspertlari mamlakatning bunday yuqori natijaga erishishiga qaysi yutuqlar va islohotlar imkon bergani hamda bu mintaqa rivojlanishining keyingi bosqichi uchun nimani anglatishi haqida ma’lumot berishdi.
Shu bilan birga, yangi bozorlarga chiqishning korporativ strategiyasini kreativ va texnologik sanoat yetakchilari taqdim etdilar.
Qizg‘in panel muhokamalari ishtirokchilar “Investors’ Room” doirasida 1:1 formatida venchur fondlari bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Toshkentda bunday yuqori darajadagi xalqaro tadbirlarning o‘tkazilishi mahalliy IT-ekotizim uchun rivojlanish omili bo‘lib xizmat qiladi.