Toshkent shahridagi Inha universiteti IQAC xalqaro akkreditatsiyasini oldi
2025-08-20 11:55:00 / Vazirlik yangiliklari

19-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti Xalqaro malakalarni baholash markazidan akkreditatsiya sertifikatini oldi, bu esa Inha universitetining magistratura dasturlari Buyuk Britaniya malakalariga (RQF, 3-7 darajalar) rasman mos kelishini ko‘rsatadi.
Bu talabalar va abituriyentlar uchun katta imkoniyatlar ochadi:
talabalar nafaqat Inha universiteti, balki Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari diplomlarini olishlari mumkin, ular orasida:
Glostershir universiteti, Xertfordshir universiteti, QA Oliy ta’lim va Nortumbriya universiteti, Ulster universiteti, G‘arbiy London universiteti, Vulverxempton universiteti
moslashuvchan ta’lim trayektoriyalari: dasturning bir qismini O‘zbekistonda, bir qismini Buyuk Britaniyadagi hamkor universitetlarda o‘tish mumkin
amaliyotga yo‘naltirilgan ingliz tilidagi o‘quv dasturi va amaliy tajriba
Inha universitetida allaqachon tajribali mutaxassislar uchun bakalavriat va Executive MBA (EMBA) dasturi faol ishlab turibdi.