Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi
2025-04-28 15:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur oʻquv seminarda vazirlik tizimidagi agentlik, inspeksiya, aksiyadorlik kompaniya, jamiyat, korxona, tashkilot va muassasalari birinchi rahbarlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorati tuzilmalari, kadrlar boʻlimi, audit xizmati, moliya boʻlimi rahbar xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir joriy yil 5-mart kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashining yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosi, korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalarning oʻrni davlat xaridlarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari hamda Korrupsiya va unga oid jinoyat turlari, jinoyat oqibatlari, jinoyatga jazo muqarrarligi keng muhokama qilindi.
Shuningdek, maʼruzachilar tomonidan 2025-yil 21-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun va mohiyati tadbir ishtirokchilariga tushuntirib berildi.
Tadbir soʻngida korrupsiyaning oldini olish uchun barcha darajadagi rahbarlar, xodimlar va fuqarolar birgalikda ishlashlari zarurligi hamda mazkur yoʻnalishdagi dolzarb masalalar, istiqbolda amalga oshiriladigan amaliy ishlar kelishib olindi.