Xitoy tajribasi yangi imkoniyatlar eshigini ochadi
2025-10-22 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ayni paytda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining bir guruh vakillari Xitoyda malaka oshirmoqda.
Ular Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo'lgan davlatlar uchun barqaror rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish bo'yicha tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda. Tadbir Xitoyning Yangling yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi hududida o‘tkazilmoqda.
Mazkur seminardan ko'zlangan maqsad – Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish tajribasini o‘rganish, qishloq xo‘jaligini innovatsiyalar orqali rivojlantirish hamda olingan bilim va tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish.


