2025-yil 1-sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi
2025-08-30 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Yangi Farmonga muvofiq – 2025-yil 1-sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
Bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik.
Bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.
Agar yuqoridagi holatlar bo‘yicha siz rahbarlik qilayotgan tashkilot javobgarlikka tortilsa, vazirlikning (71) 200-06-00 ishonch telefoniga murojaat qiling.
Bandlik organlari – ish beruvchilarning yaqin hamkori!
Biz Siz bilan birgamiz!