Qurilish sohasida norasmiy bandlikni qisqartirish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi
2025-07-24 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida qurilish sohasida norasmiy bandlikni qisqartirish masalalari boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Xalqaro mehnat tashkiloti, Kasaba uyushmalar federatsiyasi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa oʻndan ortiq vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi.
Mazkur tadbir shaffof va adolatli oʻtishi uchun bandlik va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha Global akselerator – BMT, XMT, BMTTD va BMTTD – Ayollar tashabbusi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda qurilish kompaniyalari va norasmiy band boʻlgan ishchilarni mehnat huquqlaridan xabardor etish, ularni sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olish, shuningdek, XMTning 1988-yilda qabul qilingan 167-sonli “Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisida”gi Konvensiyasi qoidalarini amalga oshirishni taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.