O'mon Sultonligi Mehnat vaziri bilan uchrashuv
2025-06-26 19:50:00 / Vazirlik yangiliklari
O'mon Sultonligi Mehnat vaziri bilan uchrashuv
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov O'mon Sultonligi Mehnat vaziri Mahad Baavayn bilan uchrashdi. Unda vazirlik faoliyati tanishtirilib, bandlik va mehnat munosabatlaridagi ustuvor yo'nalishlar ko'rib chiqildi. Xususan, ikki mamlakat vazirliklari qoshidagi kasb-hunarga tayyorlash muassasalari o‘rtasida yangi loyiha va dasturlarni ishlab chiqish, ushbu yo‘nalishda tajriba almashish, O‘mon davlati mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholi bandligi sohasini raqamlashtirish, qonuniy va munosib mehnat sharoitlari yaratilishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki vazirlik o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.