Yoshlar bilan muloqot
2025-05-17 09:45:00 / Vazirlik yangiliklari

📍Nukus shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazi va uning filiallarida xorijiy mamlakatlarda e'tirof etilgan kasb-hunarlar, chet tillari va yuqori talabga ega IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan.
🔵Zero, yoshlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi va global tendensiyalarga moslashishi bugungi kun talabidir.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo‘ldosheva mazkur markazda ta'lim olayotgan yoshlar bilan uchrashib, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, chet tillarini o‘rganish orqali mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish xususida muloqot qildi.
🗣Eslatib o'tamiz, bugun aynan shu kabi Kasbiy ko‘nikmalar markazida tahsil olish bo'yicha jonli efirda suhbatlashamiz.