O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesishga ruxsatnoma
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga faqat sanitariya maqsadlarida hamda binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruktsiya qilish bilan bog‘liq holda yo‘l qo‘yiladi.
Vakolatli tashkilot: Tumanlar (shaharlar) hokimliklari.
Ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etish mumkin.
To‘lov: BHMning 30 foizi
Muddat: 6-10 ish kuni ichida