Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun qayta elektron ariza yuborish
Xizmat narxi: Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 2 baravari, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 3 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi
Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 10 ish kuni ichida
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
- Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi «Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 283-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori