Hayvonlar, parrandalar, arilar, ko‘chatlar va o‘simliklarni tashish
Kichik uy hayvonlari va parrandalarni yo‘lovchi poezdlarning barcha vagonlarida, faqat veterinariya ma’lumotnomasi bilan, shuningdek, boshqa yuklarga zarar etkazilishidan va vagonni ifloslanishidan saqlagan holda tashish mumkin. Ular taralarga (qutilarga, savatlarga, qafaslarga) joylashtirilishi va qo‘l yuklarini tashish uchun mo‘ljallangan joylarga erkin joylashtirilishi kerak.
Ushbu tashuv bagaj sifatida rasmiylashtiriladi va bagaj kvitantsiyasi beriladi (shaharlararo yo‘nalishlar poezdidan tashqari) va “Yo‘lovchining qo‘l bagaji” deb yoziladi.
Tashuvga tarif bo‘yicha to‘lov olinadi
Itlarni, uy hayvonlari, parrandalarni boqish va qarash ularning egalari yoki hamrohlik qiluvchining majburiyati hisoblanadi (yo‘lovchining aybi bilan tashuvni ushlanib qo‘lishidan tashqari);
Yovvoyi hayvonlarni, kemiruvchilarni, katta va kichik chorvalarni va otlarni tashish taqiqlanadi.
Veterinariya sertifikatini olish tartibi bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting