Ipoteka krediti
- Ipoteka kreditining muddati va miqdori, shuningdek, kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha, bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.
- Bunda, ipoteka krediti hisoblangan uy-joy qiymatining 90 foizidan oshmaydigan miqdorda beriladi.
- Ipoteka kreditini olish uchun ariza beruvchi uy-joy qiymating 10 foizi miqdorida pulga ega bo‘lishi kerak. Ushbu mablag‘lar qarz oluvchining nomiga ochiladigan depozit hisobvarag‘iga joylashtiriladi.
- Ipoteka krediti olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
- Ipoteka shartnomasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladi.
- 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi.
- Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari muddati 20 yilgacha uzaytirildi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tajriba tariqasida Moliya vazirligining tijorat banklariga ajratgan kredit resurslari hisobidan mazkur qaror qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan er uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratishga ruxsat berildi.
Qo‘shimcha ma’lumotni banklarning hududiy filiallari orqali olish mumkin.