Daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar quyidagicha beriladi:
Ahamiyat bering!
- Soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
- Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendarь yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi.
- Agar soliq to‘lovchi bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.
- Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa – yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.