Nogironlik pensiyasi
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobilь AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
- Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan aniqlanadi.
Nogironlik pensiyasi TIEK tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga:
- mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli — mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar;
- boshqa sabablar tufayli — muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.
- Pensiya tayinlash haqida murojaat qilish
Pensiya tayinlash masalalari bo‘yicha yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limlariga:
- ishlayotganlar tashkilot ma’muriyati orqali;
- dehqon xo‘jaliklari a’zolari, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar ariza bilan murojaat qiladilar;
- ishlamaydigan fuqarolar arizani mustaqil o‘zlari yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beradilar.
- Pensiyani hisoblash tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun quyidagi "1140" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1106" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Норматив ҳужжатлар
- "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonun
- "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 128-son, 30.04.2022y.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.10.2022-yildagi 592-son