Yoshga doir pensiya tayinlash
Pensiya olish huquqiga:
erkaklar 60 yoshda - ish staji 25 yil bo‘lganda,
ayollar esa 55 yoshda - ish staji 20 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.
Ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lganda, ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda muddatidan oldin pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
- Shuningdek, muddatidan oldin pensiya tayinlash ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga tayinlanadi.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqorida ko‘rsatilgan tartibda pensiya tayinlanadi.
- Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun "1140" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
- Xalq bankiga murojaat qilish uchun havolaga o‘ting yoki "1106" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.