Bojxona munosabatlari
O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo‘lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
- Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalarining va erkin omborlarning tegralari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi.
- Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk ob’ektlari, transport vositasi tovar hisoblanadi.
- O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar yoxud bojxona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki shunday maqomga ega bo‘lgan tovar O‘zbekiston tovaridir.
- Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilmagan tovar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chet el tovari maqomini olgan tovar chet el tovaridir.