Mahalliy kengashlarga saylov
Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga o‘tkaziladi.
- Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida 70 kun qolganida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida 5 kunlik muddatda partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushish navbati tartibiga qarab matbuotda e’lon qilinadi.
Mahalliy Kengashlarning deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga 65 kun qolganida boshlanadi va saylovga 45 kun qolganida tugallanadi.
Ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak.
Mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran 5 kun ichida bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.