Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma
- Yuridik va jismoniy shaxslarning bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berish tartibi
Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa buyurtmachining so‘roviga asosan ruxsatnoma bergan organ tomonidan qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan beriladi.
- Vakolatli organ tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga yoki noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazish (rekonstruktsiya qilmasdan) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilganda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ruxsatnoma Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron tarzda yuboriladi (ob’ektning muayyan qismi toifasini o‘zgartirish bundan mustasno).
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
- Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish sxemasi