Vasiylik va homiylik sohasidagi nazorat
- Tuman, shahar hokimining vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish, vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to‘g‘risidagi, vasiylik va homiylik organlarining dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
- Vasiy va homiyning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
- Prokuratura organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
- Sudga murojaat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.